TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2024

“Tozalik salomatlik garovi” mavzusida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari bilan talabalar turar joyida uchrashuv

“Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva va tyutter D.Xudoynazarovalar tomonidan 3-talabalar turar joyida talaba qizlar bilan uchrashildi. Qizlar bilan “Tozalik salomatlik garovi!” mavzusida suhbatlashildi. Gigiena qoidalariga rioya qilish orqali koʻpgina kasalliklardan himoyalanish hamda kasalliklarni oldini olish mumkinligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borildi. Gigiena qoidalariga rioya qilish diareya yoki oshqozon-ichak kasalliklaridan, har xil iflos va yomon mikroblarning organizmga tushishining oldini olish orqali himoyalanish mumkinligi haqida tushuntirildi. Gigiena, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarni bartaraf etish orqali, gripp, gepatit va boshqa har xil yuqumli kasalliklarning bir odamdan boshqasiga oʻtishining oldini olinishi haqida talabalar kerakli tushunchalarga ega boʻldilar. Uchrashuv davomida talaba-qizlar tomonidan shunday mavzularda tez-tez suhbatlar oʻtkazib turilishi haqida takliflar bildirildi.

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati