TIQXMMI yangiliklari

img
07.04.2024

“Oydinko‘l” mahallasida universitet rektori Baxodir Mirzayev boshchiligidagi jamoa mahalla fuqarolari va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Bugun “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetiga biriktirilgan Toshkent shahar Yashnobod tumani “Oydinko‘l” mahallasiga universitet rektori Baxodir Mirzayev boshchiligidagi jamoa mahalla fuqarolari va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallada istiqomat qiluvchi uyushmagan o‘quvchi yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni kelishib olishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida IT, zamonaviy kasblar va kompyuter texnologiyalariga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlab, ularni universitetdagi IT Park va Axborot Resurs markaziga ekskursiya tashkil etishni, qolaversa matematika, tikuvchilik, pazandalik va til kurslariga maxsus rektor granti ajratilishi haqida ma’lumot berildi