TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

"Sarishtali qiz – farishtali qiz"

Joriy yilning 5-aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan dildan ochiq davra suhbati o'tkazdilar. Ra'no Kodirova talaba qizlarimizni sog'liklari, o'qishlari, kayfiyatlari to'g'risida suhbatlashib, qizlarimizni qiynayotgan muammolari bo'lsa ochiq dildan suhbatga chorladi.

Shundan so'ng Rano Kodirova har bir xonaga kirib, tozalik, ozadalikni ko'zdan kechira turib, saranjom-sarishta bo‘lish, shirin, mazali taomlar tayyorlash qiz bola uchun eng kerakli, go'zal fazilatlar ekanini tushuntirdilar. Qizlarimiz bilan iftorlik dasturxoniga, birgalikda tansiq tavomlar tayyorlashga kirishib, qizlarimizni mahoratini oshirishga har tomonlama ko'nikmalarini rivojlantirishga, taom tayyorlash sirlari to'g'risida mukammal ma'lumotlar berildi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati