TIQXMMI yangiliklari

img
06.04.2024

Amir temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlandi

9-Aprel - “Sohibqiron Amir Temur” tavaludining 688-yilligiga munosabati bilan  joriy yilning 5-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti madaniyat saroyida “Ekologiya va huquq” fakulteti jamoasi boshchiligida tadbir bo’lib o’tdi.

 

Tadbirni universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich o’z kirish so’zi bilan ochib berdi. Buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur nafaqat bizning, balki butun dunyoning hayratiga va e’tirofiga sazovor bo’lgan buyuk shaxsdir. Amir Temur  oʻrta asrlarning buyuk  askari va qoʻmondoni,  Temuriylar imperiyasi asoschisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi, Temuriylar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi hisoblanadi.

Ko’tarinki kayfiyatda o’tgan mazkur tadbirda nafaqat universitet talabalari O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli toifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari Qo’mondonligidan ham mehmonlar tashrif buyurdilar. Ayniqsa talabalar ijrosidagi Amir Temurga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari barchada iliq taassurot qoldirdi.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro`zmetovlar axboroti

  Universitet matbuot xizmati