TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

“Ustoz-shogird tizimi” boʻyicha uchrashuv

2024 yil 5-aprel kuni TJAB kafedrasi assistenti Ch.Oxunboboyeva tomonidan “Ustoz-shogird tizimi” boʻyicha biriktirilgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda talabalar bilan ijodiy, metodik, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkunligi toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borildi. Suhbat davomida talabalar tomonidan shogirdlarning tegishli yoʻnalishlar boʻyicha kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, koʻrgazmali qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanish toʻgʻrisida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Suhbat yakunida Ch.Oxunboboyeva tomonidan talabalarga metodik koʻrsatma, qoʻllanmalar, namunali dars ishlanmalarini tayyorlashlari, konferensiyalar va seminarlarda ma’ruzalar bilan qatnashishlari, ommaviy axborot vositalarida chiqishlari boʻyicha koʻplab tavsiyalar berib oʻtildi.