TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Huawei kompaniyasi bilan aqlli universitet yaratish

Huawei kompaniyasi Korporativ segment bilan hamkorlik departamenti direktori Feng Yifei boshchiligidagi delegatsiya universitetimizga xalqaro loyihani amalga oshirish uchun tashrif buyurdi. 

Uchrashuvda universitetimiz rektori, prof. B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor A.Saloxiddinov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Xudayarov, O’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i D.Xodjayev, Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi.

Boshqarma boshlig'i D.Xodjayev aqlli universitetni konsepsiyasi haqida batafsil taqdimot qilishdi. So’ngra Huawei vakili Reshat Boltayev aqlli universitetni tarkibi va xususiyatlari to’grisida ma’lumot berdi. So’ngra aqlli universitet loyihasini joriy qilish uchun yo’l xaritasi ishlab chiqish hamda mas’ul xodim biriktirish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Aqlli universitet - bu aqlli texnologiyalar bilan mustahkam bog'langan va adabiyotda turli mualliflar tomonidan ko'rib chiqilayotgan yangi kontseptsiya. Universitetlar, o'z jarayonlarini o'zgartirish va ularni yangi tashkiliy modellarga yo'naltirish uchun o'z imkoniyatlaridan foydalanish uchun aqlli texnologiyalarni o'z ichiga olishi kerak. Smart Universitet o'zining sifatli ta'lim maqsadlariga erishish uchun texnologik infratuzilmasini yaxshilashga e'tibor qaratadi. Bunda to'rtta aqlli texnologiyani, ya’ni bulutli hisoblash, katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt va yuqori tezlikdagi internet integratsiyasini o’z ichiga oladi. Ushbu tavsif va integratsiya raqamli texnologiyalarni kompaniyaning yuqori rahbariyati bilan ko'proq hamkorlik qilishni talab qiladigan tashkilot jarayonlari bilan moslashtirish zarurligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.

Universitet matbuot xizmati