TIQXMMI yangiliklari

img
05.04.2024

Sergey Yesenin muzeyida

"Iqtisodiyot" fakulteti talabalari tyutori  Gulbahor Shodieva  bilan birgalikda Sergey Yesenin muzeyiga tashrif buyurishdi. O‘zbekiston poytaxtidagi Sergey Yesenin muzeyi 1981-yil 10-iyulda Toshkent she’riyat ixlosmandlari tashabbusi bilan davlat ko‘magida shaxsiy kolleksiyalar va shoir avlodlari xayriyalari asosida ochilgan. Dastlab muzey jamoat muzeyi sifatida ishlagan, keyin “Xalq muzeyi” unvonini olgan, 1988 yildan esa davlat maqomiga ega boʻlgan.

Muzey fondlarida 3000 dan ortiq eksponatlar mavjud boʻlib, ular asosan Sergey Yeseninning 1921-yilda Toshkent va Samarqandga qilgan sayohati bilan bogʻliq.     

                                                                                                                                                                                                                     “Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati