TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

O‘zbekiston – Xitoy forumida ishtirok

So‘ngi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy xalq Respublikasi o‘rtasida turli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 30 - mart kuni poytaxtimizning Anhor - lokomativ parki qoshidagi ko‘rgazmalar pavilonida Xitoy-O‘zbek ko‘rgazmali forumi tashkil etildi. Ushbu forumda iqtisodiyotning ko‘plab sohalariga oid xususan, qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, mashinasozlik, yashil energetika va boshqa tarmoqlardagi so‘ngi innovatsion ishlanmalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazmada “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti bilan faol hamkorlik olib borayotgan Xinjian TIANYE kompaniyasi vakillari o‘zlarining suv tejovchi texnologiyalariga oid qurilmalari bilan ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi bir qator professor o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar va sohada erishilayotgan so‘ngi yutuqlar bilan yaqindan tanishdilar. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan shu kabi ko‘rgazmalarda faol qatnashish, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish yangi g‘oyalar va ilmiy izlanishlarda dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi.

Universitet matbuot xizmati