TIQXMMI yangiliklari

img
03.04.2024

Zakovat intellektual o‘yini  

Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 101 – 110 guruh talabalari bilan zakovat intellektual o‘yini o‘tkazdik. Talaba – yoshlarning vaqtlarini mazmunli va qiziqarli  o‘tkazish maqsadida  tashkil qilingan bu o‘yin juda qiziqarli, bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zaro kelishib guruhlarga bo‘linishdi.

Har bir savol – javoblarga o‘ylab ko‘rish uchun bir daqiqadan vaqt berildi. To‘g‘ri javoblarga bir balldan berishga kelishib oldik. O‘yin so‘ngida g‘olib komandalarni aniqladik va tabrikladik. Aqlni charxlaydigan bu o‘yindan  talaba – yoshlar o‘zlariga kerakli juda ko‘p qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi. Bundan keyin ham tez-tez shunday bellashuvlar tashkil qilib turish istagini bildirishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun esa ko‘proq kitob o‘qishlari kerakligini tushunib yetishganini aytishdi. Darhaqiqat, kitob – bilim kalitidir.

          “Iqtisodiyot” fakulteti D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati