TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari safi kengaymoqda.

Kecha 1 aprel kuni talabalar turar joylarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari Azimov Azizbek boshchiligida kun tartibidagi masala guruh aʼzolari sonini kengaytirish va Volontyor tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Qalqon” guruhi faoliyatiga qiziqqan va o‘zida vatanparvarlik tuyg‘ulari jo‘sh urib turgan talabalar orqali guruhga fidoyi talabalarni jalb qilish “Qalqon” guruhi safini kengaytirish va faoliyatni yana-da takomillashtirish uchun «Volontyor lik» yo‘nalishini tizimli yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘z xohishiga ko‘ra yig‘ilishida fidoyi talabalardan jami 4 nafar qiz va 14 nafar bola “Qalqon” guruhiga qo‘shilish uchun ariza yozishga tayyorligini bildirdi. Ularga guruh faoliyati haqida batafsil maʼlumot berilib barchalarini safimizga olish haqida kelishib olindi. Grafik asosida navbatchilar bilan birga tushishlari volontyorlarga barcha bilan xushmuomila bo‘lish va agressiv harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi tushuntirib o‘tildi.

“Qalqon” jamoatchilik guruhi rahbari Azimov Azizbek axboroti