TIQXMMI yangiliklari

img
02.04.2024

"Evrika" toʻgaragi faol talabasidan navbatdagi gʻalaba

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvarda “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-son qarori bo‘yicha “Mirzo Ulug‘bek Vorislari” tanlovi Respublika miqyosida o‘tkazilib kelinmoqda. Ushbu tanlovdan asosiy maqsad - bilim olishga intilayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarning yashash farovonligini oshirishga xizmat qiladigan innovatsion loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Xorazm viloyati Shovot tumanida bo’lib o’tgan “Mirzo Ulugbek vorislari” tanlovida "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi qoshidagi "Evrika" iqtidorli talabalar to‘garagi faol a’zosi Sobirova Momojon Xamro qizi o’z  innovatsion g’oyasi bilan ishtirok etdi. Qizg’in bahs -munozaralarga boy bo’lgan ushbu tanlovda 70dan ortiq yoshlar o’z g’oyalari bilan faol ishtirok etdilar. Yakuniy natijaga ko’ra Sobirova Momojon Xamro qizi munosib ravishda g‘olib deb topildi hamda Viloyat bosqichiga yo’llanmaga ega bo’ldi. Iqtidorli talabalarimizning kelajak ishlariga omad tilab qolamiz.