TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Turonbank o‘quv xonasida seminar

2024-yil 30-mart kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakulteti “Turonbank” o‘quv xonasida fakultet iqtidorli talaba yoshlari va hodimlari uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi. Seminarni “Turonbank” ATB Filial tarmoqlarini boshqarish departamenti rahbari Bozorov Sherzod Eshmanovich tomonidan ma’ruza qilindi.

Ma’ruzachi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bank hisob varaqalaridan pul mablarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma mazmuni, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud bo‘lgan hollarda to‘lovlarni amalga oshirish xususiyatlari to‘g‘risida, pul mablag‘lari etarli bo‘lmagan holda to‘lov hujjatlari bo‘yicha mutanosib ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotlar berildi, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idan mablag‘larni talablarni qondirish uchun mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga oid misollar keltirib o‘tildi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

  Universitet matbuot xizmati