TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Birliksiz kuch bo'lmas!

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar hamkorlikda 1-Talabalar turar joyi qizlari bilan “Ilm – saodat kaliti, ilmsizlik – jaholat”, “Kuch birlikda!!!” shiori ostida tadbir o'tkazdilar.  Tadbir talabalar o'rtasida paydo bo'ladigan ziddiyatlarning oldini olib, paydo bo'lgan ziddiyatlarga barham berib, kollektivda birdamlikni, jipslashishni va do'stona munosabatlar mustahkamligini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir “Birlashgan o'zar birlashmagan to'zar” deb nomlangan ertakli terapiya bilan boshlandi.Tadbir davomida “Menga o'xshash mavjudot”, “O'nqir – cho'nqir”, “Alfavit”, “Men sizdan ............o'rgandim.” , “Biz birgamiz!!!” deb nomlangan bir – biridan  qiziqarli trening mashg'ulotlari o'tkazildi. Tadbir davomida barcha pedagog va ishtirokchilar qizg'in qatnashishdi. Tadbir so'ngida barcha ishtirokchilarning olgan taassurotlari muhokama qilindi. Treningga ko'pchilik ishtirokchilar: “Vaqtimni foydali ish bilan shug'ullanishga sarflaganim ma'qul edi”, deb kelishgan ekan.

Mashg'ulot davomida bu tushunchalari butkul xato ekanini, barchalarini ko'ngillari yayrab treningda ishtirok etishganini va barcha tashvishlarini unutib, tadbirdan o'zlari uchun kerakli xulosa chiqarishganini ta'kidlab o'tishdi. Barcha yig'ilganlar ushbu tadbirda o'tkazgan vaqtlari uchun mamnun ekanliklarini va keyingi tadbir “Inson aurasi va energiyasi” mavzusida tashkillashtirilishi haqidagi takliflar bilan o'z yakuniga yetdi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova, "GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati