TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Yakuniy imtihon jarayonlari davom etmoqda

“TIQXMII” Milliy tadqiqot universitetida 2024-yil 30-mart kuni sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalarning tegishli fanlar bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarini o'zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazilmoqda.Yakuniy nazorat imtihonlari korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens- nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonovlar tomonidan doimiy ravishda shaffofligi ta’minlanib kelinmoqda.

"Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari mazkur jarayonda oldindan tayyorlangan ma’lumotlar varaqasidan foydalangan bir nechta talabalarni aniqladi va belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib “Yakuniy nazorat” imtihonidan chetlashtirildi. Talabalar ochiqlik va shaffoflik siyosati bilan tanishtirilgan holda yakuniy imtihonlarda taqiqlangan vositalar: telefon, oldindan tayyorlab kelingan javoblar va shu kabi boshqa narsalardan foydalanmaslik haqida ogohlantirilmoqda.

Imtihonlarning shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlari mazkur jarayonlarni adolatli va xolis o'tkazilishini ta'minlamoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish  Kompleans nazorat tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi Karimjonov Izzatullo axboroti