TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Hydroliders jamoasining “Green Start” START-UP loyihasi g’olibi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Hydroleaders” talabalar jamoasi UEnter va InterBusinessLab hamkorlikda GIZning “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirish” loyihasi doirasida “yashil" start-ap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Green Start” dasturida 6 oy davomida o’zlarining 7 ta start-ap loyihalari bilan qatnashishdi, dastur doirasida Respublika miqyosida 258 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, ulardan 20 tasi final bosqichiga chiqdi.

Final bosqichida universitetimiz L.Samiyev boshchiligidagi  “Hydroleaders” jamosidan 2 ta start-ap loyiha g’olib deb e`lon qilinib loyihalarini rivojlantirish uchun “Smart panel” Raximberdiyev Yahyobek, Abduhamidova Ruxshona, Xudoyberdiyev Xumoyunbek, Hamidov Sardorbek, Ataboyev Javohirlar loyihasiga 60 000 000 so’m, “Air quality”  Ganiyeva Samira, Mamatov Valijon, Jamoliddinov Jamshid, Norboyev Jamshidlar loyihasiga 20 000 000 so’m ajratildi