TIQXMMI yangiliklari

img
30.03.2024

Maktab bilan manfaatli hamkorlik

Toshkent viloyati Piskent tumani 1-IDUM da “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalsh muhandislari instituti“ Milliy Tadqiqot universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) B.X.Isakulova , oqituvchilardan  E.X.Xolmurotova  va D.B.Madaliyevalar  11- sinf o'quvchilari  bilan  Ingliz tili kafedrasi va universitet yo'nalishlari  haqida  tashviqot ishlarini olib borishdi.

Xalqaro va milliy sertifikatlari  haqida tushunchalar ham berib otishdi . Maktab o'quvchilari universitet  o'qituvchilariga o'zlari  qiziqtirgan savollarni  berishdi va ular  tomonidan ijobiy  javoblar olishdi. 1-IDUM direktori M.Qurbonova “TQXMMI MTU” Ingliz tili kafedrasi o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Shu bilan birga Piskent tumani 79-sonli ixtisoslashgan maxsus maktab internatiga ham tashrif buyurishdi. Tashrif taаssurotlarga boy tarzda o'tdi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Madaliyeva axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati