TIQXMMI yangiliklari

img
27.03.2024

Zamonaviy ilmlar ustozdan shogirdlarga

“Energetika” fakulteti “Elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi dotsenti, PhD Sh.Yusupov “ustoz-shogird” tizimi asosida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida talabalar zamonaviy elektr energiyasini o‘lchash qurilmasi, ASKUE tizimi bilan tanishdilar. Bundan tashqari qurilmaning ishlash prinsipi katta qiziqish bilan o‘rganildi. Bunday zamonaviy qurilmalarning energiya tejash bilan birga tizimdagi ko‘plab noxush holatlarni oldini olish imkoniyati tushuntitildi.