TIQXMMI yangiliklari

img
25.03.2024

Samarqandga sayohat

2024-yilning 23-mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori Xursandbek Ro’zmetov va fakultetning faol yoshlaridan tashkil topgan “Activist” jamoasi talaba yoshlari  Samarqand shahriga sayohatni amalga oshirdi. Talaba yoshlar avvalo Samarqand shahrining markazi hisoblangan “Registon” maydoniga tashrif buyurishdi va u yerda qad rostlagan Ulug’bek, Tillakori va Sherdor madrasalari, shuningdek, “Xazrati Xizr” majmuasiga tashrif buyurib“Bibixonim” maqbarasi, “Shohi zinda” majmuasi va boshqa tarixiy obidalar va ularning tarixi bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif talabalar uchun foydali va ijobiy taassurotlarga boy bo’ldi.