TIQXMMI yangiliklari

img
25.03.2024

Navro'z - xalqimizning o‘ziday qadim va muruvvatli

Navro'z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat'iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona. Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasini, tasavvurlari, qadriyatlarini o'zida mujassam etgan, millat bilan ulg'ayib millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Joriy yilning 19-mart kuni universitetimizda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda universitetimizni har bir fakultetlari qatorida "Iqtisodiyot" fakulteti ham fakultet dekani Uchqun Zoirovich, xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova, fakultet ma'naviy- ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Jamshid Turdiyevlar boshchiligida bayramga qizg'in tayyorgarlik ko'rilib, chiroyli tashkil etildi. 3- TTJ ga kiraverish foyelarni milliy kashtalar, rang-barang sharlar bilan bayramona bezatdilar.

Bayram dasturxoni yozildi, dasturxonga bahoriy taomlar, universitetimiz tomonidan Navro'zning shoh taomi sumalak, milliy taomimiz osh tortildi. Universitetimizda bayram katta tantana, zavq-shavq bilan o'yin- kulgilar, go'zal taronalarga, sho'x raqslarga ulanib katta shodiyonaga aylandi. Bayram juda quvnoq, go'zal, yuqori darajada o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati