TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Ilmiy tadqiqot ishi muhokamasi.

2024 yil 19 mart kuni "Energetika" fakulteti "Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi" kafedrasida kafedra dotsenti, PhD, Eshpo'latov Nodir Mamatqurbonovich tomonidan olib borilayotgan texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy tadqiqot ishi natijalarining dastlabki muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokamada tadqiqotchi N.Eshpo'latov tomonidan o'zi olib borayotgan ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari hamda dastlabki erishilgan natijalari taxlili, nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalari asosida taqdimot qilindi. 
Shundan so'ng tadqiqot ishi yuzasidan savollar va muhokamalarga navbat berildi. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan berilgan savollarga asosli javoblar berildi hamda tadqiqot ishini muhokama davomida berilgan tavsiyalar asosida davom ettirishga kelishib olindi.