TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2024

“Zakovat intellektual” o‘yini tashkil etildi

Universitet iqtidorli talaba yoshlari ishtirokida “Intellektual haftalik” tadbirlari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu haftalik doirasida bir qancha konferinsiya, seminarlar, soha yetakchilari bilan uchrashuvlar hamda iqtidorli talabalar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarining taqdimot ko‘rgazmasi tashkil etildi. Haftalik nomiga hamohang tarzda universitet talabalari o‘rtasida “Zakovat intellektual” o‘yini tashkil etildi. O‘yinda universitet talabalaridan tashkil topgan 15 ta jamoa ishtirok etdi.

“Zakovat intellektual” o‘yini har doimgidek do‘stona hurmat asosida murosasiz teng kurashlar ostida bo‘lib o‘tdi. O‘yin so‘ggida, o‘yinda qatnashgan barcha ishtirokchilarga universitet rahbariyati tomonidan taqdim etilgan universitetning maxsus kitob albomlari bilan taqdirlandi. “Zakovat intellektual” o‘yinlarini tashkil etishda universitetimizda yaqinda tashkil topgan Students' Union jamoasi a’zolari faol ishtirok etishdi.

Iqtidorli talabalar bo‘limi axboroti