TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

2024-yil 19-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida yaratilgan ilmiy innovatsion ishlanmalarni va innovatsion natijador loyihalarini tahlil qilish hamda ekspertizadan o‘tkazish, eng muhim ishlanmalarni tijoratlashtirishga bag‘ishlangan taqdimot ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada universitet olimlari hamda iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan innovatsion mahsulot, sohaga oid xizmatlar, sohadagi muammolar yechimiga qaratilgan taqdimotlar va innovatsion mahsulotlar sotuviga qaratilgan ishlanmalar bilan tanishildi.

Ko‘rgazmada 50 dan ortiq ilmiy ishlanmalar taqdim etildi.

10 dan ortiq, innovatsion ishlanmalrni tadbiq etishga zaruriy mablag‘lar ajratiladi.

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi axboroti