TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Assalom  navro‘z

Bugun 18-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Talabalar turar joylarida  sumalak sayli tashkil etildi.  Sumalak saylida universitetda taxsil olayotgan talabalar, Talabalar turar joylarida yashayotgan talabalar, professor-o‘qituvchilar, xodimlar faol ishtirok etmoqdalar. Navro‘z bayramida barcha milliy urf-odatlar, an’analar, milliy taomlar va shu bilan birga milliy o‘yinlar o‘z aksini topadi.

Shunday milliy ruhda talaba-qizlar va ayol professor -o‘qituvchilar sumalak saylini o‘tkazishga qatnashdilar. Bu shunday bayramki, barcha  insonlarni yaqinlashtiradi, mehr – oqibat ulashadi, bir-birlari bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatadi, gina-gidratlarni unitadi va insonlarga mehr ulashadiki bbarcha bir-biri bilan yaqin insonlardek bir dasturxon ustida birga bo‘ladilar va milliy taomlarni bir-birlariga ulashadilar.

Bugun sumalakni qo‘zg‘agan holda uning atrofida eng yaxshi ezgu niyatlar qilinadi, tilaklar ulashsin deb duolarga qo‘l ko‘tariladi va ijobat bo‘lsin deb so‘raladi. Biz ham yurtimizga tinchlik –xotirjamlik, universitetimizni gullab –yashnashini, barcha  professor-o‘qituvchilar va talabalarga sog‘liq-salomatlik, oilalarimizga tinchlik-totuvlik va ota-onalarimizga  uzoq umr so‘radik. Yana bir bor Naro‘z ayomi muborak bo‘lsin azizlar!