TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

Ona - vatan tarannumi

Kindik qon to‘kilgan makonga mehri bo‘lgan inson vatan tuyg‘usini chuqur idrok etishi tayin. Shunday ekan, har qanday sohada, kasbda faoliyat yuritmaylik vatanimiz taraqqiyoti oila va mahallamiz farovonligi bilan chambarchas bog‘liq. Shoirning she'ri, san'atkorning ijrosi, rassomning tasviri, qo‘shiqchining qo‘shig‘idan tortib barcha harakatlar ona-vatanimiz taronasiga qaratilgan. Har yili muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan "Vatan manzumasi" nomli musiqiy-ma'rifiy loyiha alohida ahamiyatga molik. "TURKIDTON" saroyida namoyishi tashkil etilgan ushbu konsert dasturini tomosha qilish asnosida beixtiyor vatanga bo‘lgan mehr qalbda junbush urishi muqarrardir.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetining ellikdan ziyod xodimlari Rektorimiz Bahodir Mirzayev boshchligida ana shu dasturda ishtirok etishdi. Ular vatanimizning bugungi kungacha bo‘lgan tarixi, ayniqsa, jadid ma'rifatparvarlarining jonbozliklari aks etgan lavhalar, ona yurtimizning tinch hayotiga qutqu solgan kuchlarga qarshi kurashda jon bergan vatan o‘g‘lonlarining matonatini ko‘rib o‘zgacha kuch olishdi, ta'sirlanishdi. Mashhur san'atkorlarning qo‘shiqlari va iqtidorli shoirlarning o‘qigan she'rlari universitetimiz jamoasini befarq qoldirmadi. Tadbirdan zavq olgan jamoamiz katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Universitet matbuot xizmati