TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Ramazonda tozalik .  

Bugun “Iqtisodiyot” fakulteti dekan muovini J.Turdiev bilan  fakultetimizga qarashli  3-talabalar turar joyida tozalik kuni bo‘yicha nazorat o‘tkazdik. Hamma qavatlardagi talaba yigitlar xonalarini ko‘zdan kechirdik. Ramazon oyi hammamiz tozalikka, poklikka e’tibor berishimiz kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Darhaqiqat xonalarni tozaligini ko‘rib xursand bo‘ldik. Oshxonalarda talabalar iftorlikka tayyorgarlik qilishayotganini guvohi bo‘ldik. Qavatlardagi kompyuter xonalarda talaba-yoshlar dars qilib o‘tirishgani bizni quvontirdi. Doim alo va yaxshi baholarga o‘qinglar va sog‘-salomat bo‘linglar deb tilak bildirib qolamiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati