TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki”

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega.

Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor. Shu munosabat bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov, dekan muovini M.Xolbo‘tayev hamda fakultet tyutori I.Ahmedova hamda X.Ro‘zmetovlar va fakultetning jonkuyar, mehnatsevar talabalari bilan birgalikda 16-mart kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va mahalla bilan hamkorik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Oqibat” mahalla markaziga tashrif buyurishdi fakultetning yig`ilgan ahil jamoasi obodonlashtirish ishlarida ko‘tarinki ruhda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro`zmetovlar axboroti

  Universitet matbuot xizmati