TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish

“Gidrotexnika qurilishi” fakultetining “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish”, Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha), “Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari” ta’lim yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar bilan 2024-yil 16-martda Malakaviy amaliyotlarni samarali tashkil etish maqsadida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, “Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari”, “Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar” kafedralari bilan birgalikda Suv xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Toshkent GES lar koskadi va Uzsuvloyiha” AJ ning ma’sul rahbarlari bilan birgalikda ochiq muloqot o‘tkazildi. Talabalarga tashkilotlardan tashrif byurgan xodimlar tomonidan malakaviy amaliyotlarni o‘tkazish va ularga tashkilotda yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.