TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Ochiq muloqot

"Buxgalteriya xisobi va audit" kafedrasi tomonidan MSJ “My Work”, Auditorlik tashkiloti Pkf Mak Alyans rahbarlari, hamda bitiruvchi kurs talabalari bilan birgalikda ochiq muloqot o‘tkazildi.  Tadbirda oliy ta’lim tizimining magistratura bosqichiga qabul jarayonidagi o‘zgarishlar, xususan xorijiy tillarni o‘rganish zaruriyatga, sohaga oid Xalqaro sertifikatlarga talab ortishi haqida fikr yuritildi.

 - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ona tilidan tashqari yana ikki tilni bilish tabiiy hol sifatida qaraladi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qaratilayotgan e’tiborning asosiy maqsadi shu masalaga yo‘naltirilgan, – Har bir talaba bakalavr bosqichida chet tilini mukammal darajada o‘rgangan bo‘lishi kerak. Xorijiy tillarni bilish yosh kadrlar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu boisdan, yoshlar o‘z ona tilini mukammal bilish bilan bir qatorda, bir nechta xorijiy tillarni bilishlari va muloqot qila olishlari maqsadga muvofiq. Chet tillarini bilish kasbiy kompetensiyaning zaruriy shartlaridan biri bo‘lib, mutaxassisga mehnat bozorida ustunlik beradi. Butun dunyo bo‘yicha kuchli salohiyat, ijodiy fikrlash va tahlil qilish qobiliyatiga ega professional kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu borada sanab o‘tilgan sifatlarni shakllantirishda xorijiy tillarning o‘rni nihoyatda beqiyos…

Muloqot davomida bitiruvchilarni ishga joylashish bo‘yicha tavsiyalar berilib, savollarga atroflicha javob olindi.

Universitet matbuot xizmati