TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Bilimli kadrlar yurt tayanchi

Bilamizki hozirgi kunda talaba-yoshlarning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish yurtimizdada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Joriy yilning 15-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Muhandislik tizimlarini boshqarish” kafedrasi mudiri P.Berdimurodov tashabbusi bilan 3-kurs talabalari bilan qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan dunyoda peshqadam kompaniyalaridan biri «UzCaseService» qo‘shma korxonasi markaziy servis bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Mirkarimov Shuhrat Mirdavlatovich bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda kadrlar tayyorlash milliy dasturi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qoidalariga muvofiq holda, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan qonuni hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev Axboroti

Universiteti matbuot xizmati