18.03.2024
Guliston Davlat universitetiga tashrif
“TIQXMMI” MTU TJAB kafedrasi katta o‘qituvchisi Nigmatov Aziz Maxkamovich magistratura bosqichi uchun iqtidorli talabalarni “TIQXMMI” MTU ga jalb qilish bo‘yicha Guliston Davlat universitetida bo‘ldi. Amaliy tashrif davomida universitetning Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultet talabalari bilan seminar trening o‘tkazildi. Magistraturada o‘qish va ilmiy faoliyatni olib borish bo‘yicha taqdimot qilindi. Seminar trening qiziqarli, mazmunli va savol javoblarga boy bo‘ldi.