TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Yotoqxonada –muammo va tartib intizom

2024-Yil 16-martda  «Yer resurslari va kadastr» fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova, Yotoqxona pedagog tarbiyachisi  S.Muxrumbaeva va 4-TTJda istiqomat qilayotgan talaba qizlar bilan  birga davra suhbati tashkil qilindi. Ushbu davra suhbatida  talaba qizlarning yashash sharoitlari va kamchiliklari  to’liq o’rganib chiqildi. Xonalarning tozaligi, yashaydigan xonalarning  issiqlik harorati  va ovqatlanish (oshxonalar)ning  talabga javob berishi  ko’zdan kechirildi.   Yotoqxona  pedagog tarbiyachisi  S.Muxrumbaeva  ham talaba qizlarga kechqurun o’z vaqtida kechikmasdan yotoqxonada bo’lishini  va Yotoqxonaning ichki – tartib intizomiga  har bir  talaba rioya qilishi shart ekanligini  gapirib  o’tdi. Undan tashqari talaba qizlarga odob-axloq va kiyinish madaniyati to’g’risida  ham ma’lumotlar berib o’tildi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati