TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Umumxalq hashari amalda

O‘zbekistonda 16—18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Prezidentimiz  tomonidan hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlanishi hamda Ramazon oyida mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi. Hasharda  O‘zbekistonning barcha fuqarolari faol qatnashadilar, ular o‘zlari yashab turgan ko‘chalardagi joylarga turli xil meva, archa ko‘chatlari ekib,    jamoat joylarida  obodonlashtirish ishlarini olib boradilar.     

Shu munosabat bilan joriy yilning 16 - mart sanasida “TIQXMMI” MTU "Gidromelioratsiya" fakultetiga biriktirilgan “Lashkarbegi” MFY maxallasiga borib,  bir gurux talabalar bilan  hashar uyushtirildi. Hashar davomida archa ko‘chatlari ekildi, daraxtlar oqlandi va hashar davomida “Lashkarbegi” MFY   qarashli ko’chalarda tozalash ishlari olib borildi. “Lashkarbegi” MFY tomonidan amaliy yordam berilganligi uchun maxalla faollari o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Gulchehra Axmedjanova axboroti   

 Universitet matbuot xizmati