TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Suv tekin emas

Joriy yilning 15-mart sanasida, 22 mart - “Butunjahon suv kuni” munosabat bilan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida bir nechta yo‘nalishda tanlovlar tashkil etildi. Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyalashtiradigan O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy loyihasi doirasida “Suv tekin emas” shiori ostida video roliklar tanlovida “Energetika” fakulteti “Muqobil energiya manbalari” yo‘nalishi 106-guruh talabasi Ziyodullayev Shoxjahon faxrli o‘rin sohibi bo‘ldi. Tashkilotchilar tomonidan sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

“Energetika”  fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati