TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

Donor bo'lish ham xayrli ish

Joriy yilning 16 - mart kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarimiz ishtirokida “Men donor bo’laman” mavzusida davra suxbati tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda 53 poliknilika vrach immunologi Ashurxanova Madina Jurayevna o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Bilamizki, qon quyishga muhtoj bo‘lib qolgan har bir odamning alohida qon guruhi va rezus faktori borligini inobatga olib, unga faqatgina shu guruh va faktordagi qon quyilishi mumkin. Xo‘sh, shu qon qayerdan olinadi? Biz ular haqida ko‘p eshitamiz, o‘qiymiz, hatto o‘zimiz ham ular orasida bo‘lishimiz mumkin. Bular — donorlar. Lotin tilidan olingan bu so‘zning ma’nosi ham “hadya qilish” degani. Donorlik faoliyati ixtiyoriy boʻlib, 18 yoshdan 60 yoshgacha, vazni 50 kg dan ortiq boʻlgan shaxslar donor boʻlishi mumkin. Donorlik qilish savob ekanligi va bir inson boshqa birining hayotini saqlab qolishi mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Tadbir so'nggida fikr-mulohazalar almashildi, talaba qizlar donorlik haqida bir qancha ma'lumotlarga ega bo'lishdi va õzlarini qiziqtirgan savollarga  javob olishdi. 

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar axboroti

 Universiret matbuot xizmati