TIQXMMI yangiliklari

img
18.03.2024

“Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

2024-yil 15-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, Universitet Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Sh.Mardonovlar bilan hamkorlikda sirtqi ta’limning 3-kurs talabalari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarorining Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomi va oraliq nazorat va yakuniy imtihonlarda talabalar Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi”da keltirilgan “278/4-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-moddasi-Pora olish”, “212-moddasi-Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma'lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Suhbat jarayonida sirtqi ta'lim talabalariga o‘quv jarayonlari tashkil etilganida ayrim talabalar tomonidan hududiy tibbiy muassasalar tomonidan betob talabalarni (oʻquvchilarni) darslardan ozod etish uchun qoʻllanadigan yagona tibbiy hujjat - 095\x shaklidagi ma'lumotnoma taqdim etilishida 095\x shaklidagi tibbiy ma'lumotnomalarni soxtalashtirishda hujjatlarni qalbakilashtirish — muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar tayyorlash va foydalanish jinoyatligi bu xildagi harakatlar uchun jinoiy huquqiy javobgarlik belgilab qoʻyilganligi toʻgʻrisida talabalarni ogohlantirildi. 
Ushbu olib borilgan profilaktik tadbir jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Sh.Mardonov tadbir so‘ngida, talabalar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot, profilaktik ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun bo‘lim rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish  bo‘limi  mutaxassisi Karimjonov Izzatullo axboroti.