TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Urganch davlat universiteti bilan muzokara o‘tkazildi

Urganch davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sardor Xodjaniyazov bilan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara o‘tkazildi. Universitetimizdan Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘I Sh.Raxmonov hamda Stragetigya va Transformatsiya bo‘limi boshlig‘i Piter MkKannlar ishtirok etishdi. Uchrashuvda Urganch davlat universitetida tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalarni universitetimizga 1 semestrga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, 2+2 dasturi asosida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yilsa, Turkmanistonlik talabalarni jalb qilish imkoniyati yana ortishi ko‘rib chiqildi.