TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Xush kelding, Navro’z!

Joriy yilning 15- mart kuni "Gidromelioratsiya" fakultetining talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlari bilan «Xush kelding, Navro’z » mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbiri fakultet xotin - qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova boshchiligida fakultet tyutorlari Gulchehra Ahmedjanova va  Dilbar Аxrarovalar tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda  qizlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Dasturxonga tortilgan osh ustida talaba qizlar Navro’z bayrami to’g’risida suhbat qurishdi. Zamira Beknazarova talaba qizlarni bayram bilan tabriklash bilan birga, bu bayramni nishonlash tarixi, bu bayramning nishonlanish sabablari haqida soʼzlab berdi. Qizlar tomonidan ham bu bayramning nishonlanish tarixi toʼgʼrisida fikrlar eshitildi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati