TIQXMMI yangiliklari

img
16.03.2024

Ulug‘bek Vorislar g‘oliblari aniqlandi

"Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani bosqichi g‘oliblari aniqlandi. Quvonarlisi shundaki Universitetimizning "Gidromelioratsiya" fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Akbaraliyeva Marhabo yuqori natija ko‘rsatib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Albatta, Akbaraliyeva Marhaboga va boshqa tanlov ishtirokchilariga omad tilagan holda kelajakda o‘z faoliyatini yanada yuqori natijalar bilan davom ettiradi. Siz ham tezroq natija ko‘rsatishni va g‘oyangizni StartUp darajasiga qadar shakllantirishni istaysizmi "Xavfsizlik ustalari" to‘garagiga hech ikkilanmasdan bizga qo‘shiling"! Yangi iqtidorlarni birgalikda kashf etamiz!