TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2024

 “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev Turkamanistonning O‘zbekistondagi elchisi Meredov Shadurdi Oveznepesovich bilan uchrashdi

Turkamanistonning Toshkent shahridagi elchixonasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev Turkamanistonning O‘zbekistondagi elchisi Meredov Shadurdi Oveznepesovich bilan uchrashdi.

Universitetda bugungi kundagi ta’lim va tadqiqot masalasida olib borilayotgan islohotlar hamda loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdimot qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari va istiqbollari haqida keng ko‘lamli ma’lumot almashildi. Turkmanistonning agrar universitetlari bilan hamkorlik, ilmiy tadqiqot olib borish, xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etish  va talabalar almashinuvini yangi bosqichga olib chiqish borasida takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchi va talabalariga yengillashtirilgan tarzda Turkmaniston vizasini berish bo‘yicha natijaga erishildi.