TIQXMMI yangiliklari

img
15.03.2024

Talabalar bilan uchrashuv

2024 yil 14 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi tomonidan 60810100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi va fakultetdagi boshqa turdosh ta’lim yo‘nalishlari talabalarining amaliyotlarini qishloq xo‘jaligi rivojlangan xorijiy davlatlarda yo‘lga qoyish maqsadida Germaniyaning “DEULA NIENBURG” amaliy oqitish markazi mutaxassislari bilan talabalarning uchrashivi tashkil etildi.

DEULA-Nienburg (Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik) markazi 1926 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi xodimlarining malakasini oshirish bilan birga Germaniyadagi qishloq xo‘jaligi korxonalari va xo‘jaliklarda talabalarning amaliyotini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Uchrashuv davomida talabalarga Germaniyada amaliyot o‘tash talablari va tartiblari, undan kutiladigan natijalar hamda bu borada universitet bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Qishloq xo‘jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi dotsenti A.Borotov Axboroti

Universitet matbuot xizmati