TIQXMMI yangiliklari

img
14.03.2024

“Ta’lim tizimida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab –quvvatlash” loyihasi amalda

Universitetda Xotin-qizlar bo‘yicha maslahat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi”gi 2023 yil 17 iyuldagi 311-sonli buyrug‘ida tasdiqlangan “Nizomi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘alchilikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila va Gender” ilmiy tadqiqot instituti, Respublika ”Oqila ayollar” harakati, tegishli vazirliklarning buyruq va qarorlari, yuqori tashkilotlar tomonidan chiqarilgan normativ hujjatlar bilan ish olib bormoqda va amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda yig‘ilishlarda ko‘rib chiqib kelinmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi”gi 2023 yil 17 iyuldagi 311-sonli buyrug‘ida bevosita xotin-qizlar maslahat kengashining  aniq maqsadi, vazifalari va funksiyalari aniq  ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, uning eng asosiy funksiyalaridan biri sifatida “Xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan va nogironligi bor xotin-qizlarning va ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash ishlariga ko‘maklashish masalalari ham kiritilgan bo‘lib, aynan universitetimiz rektori va xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan  “Ta’lim tizimida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida ro‘yxat shakllantirildi.

Hozirda universitetimizda jami professor-o‘qituvchilar soni 496 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, shulardan 173 nafari ayol professor-o‘qituvchilarni tashkil etadi. Ulardan asosiyda  143 nafari  ayol professor-o‘qituvchilar va 16 nafari tashqi o‘rindosh sifatida faoliyat olib boradi. 323 nafari esa ayol xodimlar (buxgalter, kassir, bo‘lim rahbarlari, laboratoriya mudiri, laborant, injener, texnolog, bino boshliqlari, tarbiyachilar va h.o. ) va ishchi xodimlar (qorovul, farrosh va h.o.) ni  tashkil etadi.

Yuqorida shakllantirilgan ro‘yxat bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari,  laboratoriya mudiri, qorovullar va farroshlardan 10 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, va 3 nafari 1,2,3-guruh nogironligi bor ayollar loyiha doirasida ro‘yxatga kiritildi. Ro‘yxatdagilar kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatiga kiritilgan, boquvchisi yo‘q oilalar, moddiy yordamga muhtoj oilalar, sog‘lig‘i tufayli davolanishga muhtoj oila xodimlaridan iborat.

Bu borada ular bilan universitetimiz rahbari B.Mirzaev va xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Ismailova tomonidan  ochiq suhbat o‘tkazildi va har birining oilaviy sharoiti o‘rganilgan holda ularga moddiy, ma’naviy va salohiyatini oshirishga xos, shu bilan birga farzandlarini o‘qishlari uchun ham sharoitlar kabi yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi va amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.

Bu boradagi loyihalar hali davom etadi.Chunki rahbariyat tomonidan ularni qo‘llab-quvvatlanishi bu  birinchidan turmush tarzini yaxshilashga, hayot faoliyatini samarali olib borishga, farzandlarni ta’lim-tarbiyaga yo‘naltirishga va sog‘liqlarini tiklashga amaliy ko‘mak beradi deb o‘ylaymiz.