TIQXMMI yangiliklari

img
09.03.2024

Nafaqadagi sobiq ustozlar doim e'tiborimizda

7 - mart kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti dekani X.Pirmatov boshchiligida fakultet xotin - qizlar kengashi a`zolari 8-mart "Xalqaro xotin - qizlar kuni" bayrami munosabati bilan nafaqada o‘tirgan ayol ustozlarni tabriklab, ularning holidan xabar olindi.  Xalqimiz azaldan go‘zallik timsoli bo‘lgan mo‘tabar onalarimiz, ayyollarimiz bilan dilbar qizlarga alohida hurmat ehtirom ko‘rsatib kelgan.

Shunday ekan, universitetimizda ham doimo xotin - qizlarga ayol ustozlarga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinadi. “Gumanitar fanlar” kafedrasida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan Gulnora Ismoilova, Ozoda Shermuxammedova, Shoista Shukurovalar xonadonida bo‘ldilar. Tashrif  davomida ustozlar o‘z umr yo‘llarini so‘zlab, o‘z kasblarining muvaffaqiyatlari ilm yo‘lidagi mashaqqatlari bu yo‘lda uchragan sinovlar haqida  ham aytib o‘tishdi. Tashrifdan juda ham mamnun bo‘lib, universitet rahbariyatiga hamda fakultet dekaniga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti dekan maslahatchisi B.Mamadaminova axboroti

Universitet matbuot xizmati