TIQXMMI yangiliklari

img
08.03.2024

"TIQXMMI"MTU jamoasi xalqaro olimpiada g‘olibi - G‘ALABA MUBORAK!

       Joriy yilning 3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod  shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida  "OMOUS-2024" xalqaro fan olimpiadasi o‘tkazildi. Dunyoning turli davlatlaridan kelgan 84 ta universitetlar jamoalari “Oliy matematika” fanidan musobaqalashdi.   Olimpiadada  "TIQXMMI" MTU "Oliy matematika" kafedrasi dotsenti A.Abdullayev boshchiligidagi 4 nafar talabalar jamoasi  faol qatnashdi. Universitetimiz talabalari xalqaro olimpiadada faxrli 2-o‘rinni egallashdi va kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

  

             Talabalarimiz Xalqaro olimpiadaning tashkil etilishi, musobaqa shartlari va yaratilgan sharoitlar bo‘yicha  Turkmanistonning  "Youth channel"  kanaliga intervyu berishdi. Fan olimpiadasi g‘oliblarini erishilgan yutuq bilan tabriklaymiz,  jamoaga kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.