TIQXMMI yangiliklari

img
07.03.2024

Bolgariyada ishlab chiqarish amaliyoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati tomonidan aniq yoʻnalishlar belgilab olingan. Universitet rahbariyati tomonidan xalqaro hamkorlik, talabalar almashinuvi va boshqa masalalarida talabalar uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Iqtisodiyot fakultetida yuqoridagi sohalar bo‘yicha talabalarning bildirgan taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, 2024-yil 6-mart kuni “TIQXMMI” MTU “Iqtisodiyot” fakultetida “Turizm” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “TIQXMMI” MTU va “INTERNOEXCHANGE BULGARIA” konsalting kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida talabalar uchun  mutaxassislar tomonidan talabalarni yozgi ta’til vaqtida Bolgariyaning Varna shahrida joylashgan mehmonxonalar va boshqa turizm obektlarida mavsumiy amaliyot o‘tashi uchun hamda malaka oshirishlari uchun uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda talabalarga imkoniyat beruvchi dasturlardan foydalanish borasida mutaxassislar Rasulov Ulug‘bek G‘ulomjonovich hamda Xodixo‘jayev Xikmat Muzaffarovichlar tomonidan taqdimot namoyish etildi va loyiha bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.