TIQXMMI yangiliklari

img
07.03.2024

Bayram tadbiri

2024 yil 6 mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani Q.Shavazov,  Xotin – qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva., tyutor  O.Abdullayeva, fakultetda  tahsil olayotgan talaba-qizlar ishtirokida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Q.Shavazov  kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda xotin-qizlarga  ta’lim olishlari uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro tanlovlarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni aytib o‘tdi.

Tadbirda  universitet rektori, professor B.Mirzayevni talaba-qizlarimizga yo‘llagan  bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari talaba-qizlarga samimiy tilaklar bildirib, tabriknomalar topshirdilar.Tadbirda talabalarimiz tomonidan  kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bayram tadbiri musiqalarga boy mazmunli bo‘lib o‘tdi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva Axboroti

Universitet matbuot xizmati