TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Kitob hamroh va hamroz bo‘lsa...

Alloh amri bilan aytilgan birinchi ilohiy ne'mat so‘z bo‘lgan. Bu "O'qi!" degan amrdir.

Demak, bu mutolaa va takrorlashga ishora. Ilm hikmati, tafakkur qanoti va kaliti undan ekanligiga ishora. Kitobga hamroh bo‘lgan insonning dunyoqarashi o‘zgacha bo‘ladi. Olam va odamni tanish ilmi ham kitob bilan. Shunday ekan, universitetimiz binosida turli nashriyot va bosmaxonlarda chop etilayotgan badiiy-publisistik va ilmiy adabiyotlarning savdosini tashkil etish an'ana tusini olgan.

Kuni kecha G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyotidan keltirilgan turli tuman kitoblar yarmarkasi tashkil etildi. Mazmunan boy va tashqi va ichki dizayni bilan diqqatni tortadigan ushbu kitoblar talaba va magistrantlardan tortib professor o‘qituvchilargacha barchaning birdek e'tiborini tortdi. Kitob doimiy hamrozingiz bo‘lishini istasangiz unga aslo befarq bo‘lmang!

Universitet matbuot xizmati