TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Jannat onalar oyog'i ostida

8-mart bahorning ilk bayrami arafasida «Iqtisodiyot» fakulteti tyutori Shodiyeva Gulbahor o‘z guruhlarida qizlarni bayram bilan tabriklash tadbirini o‘tkazdi. Fursatdan foydalanib, universitetning barcha ayollar va qizlarini kirib kelayotgan 8-mart bayrami bilan tabriklaymiz va barchangizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz. Ushbu kunda sizga baxt, sog'liq va barcha harakatlaringizda omad tilaymiz. Atrofingiz doimo yaqin insonlarning mehr va g'amxo'rligida bo'lsin, hayotingiz mazmun va quvonchga to'lsin. Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan! Sizga chiroyli gullar, mustahkam sog‘lik va ko'p tabassumlar tilaymiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G. Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati