TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

“Shahrisabzga tashrif”

Oliy ta’lim muassasalarining mahallalar bilan hamkorlik ishlari kun tartibidan tushmagan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakultetida ham mahallalar bilan hamkorlik masalalariga ham reja asosida alohida e’tibor qaratiladi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashki etib kelinadi.Ayni shu kabi tadbirlardan biri 2024-yil 4-mart kuni tashkil etildi. “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston Davlat musiqali teatriga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” M.F.Y. faollari “Oqila ayol” harakati yetakchisi, “Xotin-qizlar” faoli, Yoshlar yetakchisi va boshqa faollarini “TIQXMMI” MTU bilan hamkorligi nishonasi sifati hamjihatlikni yanada rivojlantirish maqsadida, shuningdek, yaqindan tanishish va madaniy hordiq olish uchun mehmon sifatida teatrga taklif etildi. “Iqtisodiyot” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi R.Qodirova va tarbiyachi-pedagoglar G.Shodiyeva, D.Egamovalar hamrohlik qilishdi. Teatrda “Olifta” spektakli namoyish etildi. Spektakldan maroqli hordiq olindi va yaxshi kayfiyat ulashildi. Mahallalar bilan hamkorlik ishlari davom etadi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati