TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

"Nur" mahallasiga tashrif

"Gidrotexnika Qurilishi" fakulteti Yoshlar Ittifoqi jamoasi fakultetga birikitirilgan "Nur" mahallasiga tashrif buyurishdi. Mahallada fasllar kelinchagi bo‘lmish bahorning kirib kelishi hamda kelayotgan Navro‘zi ayyom munosabati bilan mavsumiy tamomlardan Sumalak ko‘k somsa va chuchvaralar tayyorlandi.

Yigitlarimiz o‘tinlar yorib olov yoqishgan bo‘lsa, qizlarimiz yoshi ulug‘ onaxonlardan milliy taomlarni mahorat bilan tayyorlash sirlarini o‘rganishdi.  Fakultet yetakchisi M. Yo‘ldoshev hamda "Nur" mahalla yoshlari yetakchisi o‘rtasida hamjihatlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.