TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

Cyprien Leroy bilan davra suhbati

2024-yilning 4-mart kuni TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakiltetida Fransiya elchixonasining bosh mutaxassisi Cyprien LEROY bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv maqsadi — Fransiya universitetlarida o‘qish shart-sharoitlari, grantlar, almashinuv dasturlari, stajirovkalar, malaka oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha davra suhbati edi.

Elchixona mutaxassisidan ixtiyoriy auditoriyaga yig'ilgan talabalar va professor-o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Mehmon tomonidan taqdimot namoyish etildi. Taqdimot bilan tanishish istagida bo'lganlar uchun havola https://youtu.be/D39vznSfxXg?feature=shared. Taqdimot Fransiyada o'qish istagida bo'lgan yoshlar uchun juda ham foydali bo'ladi.

Universitet matbuot xizmati